"Barselona" "Yuve"ning uch nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 13 may, 2020, 12:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" yozgi transfer oynasi vaqtida "Yuventus"ning uch nafar futbolchisini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

Kataloniyaliklar turinliklar himoyachilari Daniele Rugani, Mattia De Shilo va Matteys de Ligt atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Oldinroq, "Barselona" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarga qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, yozda "ko‘k-anor ranglilar" tarkibini himoyachilar Samyuel Umtiti va Nelson Semedu tark etishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!