"Barselona" zo‘r futbolchi oldi
"Valensiya"ning o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini "Barselona"da davom ettiradigan bo‘ldi. Kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchi bilan besh yillik shartnomani imzolash bo‘yicha kelishib oldi.
"Barselona" mutaxassislarining Kanseluning agenti Jorje Mendesh bilan muzokarasi maxfiy tarzda o‘tdi va u bir necha hafta davom etdi. Muzokaralar ijobiy yakunlangach, Jorje Mendesh futbolchining yanvar oyidayoq Kataloniyaga ko‘chib o‘tishini so‘ragan edi. Biroq, kataloniyaliklar bu transfer yozda to‘liq amalga oshishini ma’lum qildi.
Ayni paytda transferning deyarli barcha shartlari kelishilgan. Faqatgina transfer summasi ochiqligicha qolmoqda. Hozircha, "Valensiya" futbolchi uchun 30 million evro so‘rayapti. Kanselu bilan kelishib bo‘lgan "Barselona" esa bu narxni tushirishga harakat qiladi.

Fikrlar