"Barselona"da yaxshi yangiliklar ham bor! Etakchi futbolchi klubni tark etmaydigan bo‘ldi

  • 30 iyun, 2023, 18:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Usmon Dembele "Barselona"ni tark etmaslikka qaror qildi.

Tecno

Vingerning agenti Mussa Sissoko "ko‘k-anorranglilar" direktorlari Mateu Alemani va Xordi Kroyff bilan uchrashdi. Uning mijozi shartnomada ko‘rsatilgan 50 million evro evaziga klubni tark etish bandidan foydalanmasligini aytgan. 

Hozir tomonlar frantsiyalik futbolchining 2024 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. "Marca" xabariga ko‘ra, "Barselona" 26 yoshli futbolchiga 2027 yilgacha yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

"Diario Sport" xabariga ko‘ra, Dembele klub to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganiga ishonchi komil va u bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istamoqda.

Yakunlangan mavsum Usmon La Ligadagi 25 uchrashuvda 5 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!