"Barselona"ga Arauxo uchun katta pul taklif qilindi

  • 6 yanvar, 2024, 16:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo bilan shartnoma imzolashga jiddiy kirishgan. 

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, myunxenliklar futbolchi uchun qishki transferlar oynasida 70 million evro to‘lashga tayyor. Biroq "ko‘k-anorranglilar" uchun 80 million evro ham etarli emas. 

Qayd etish lozim, urugvaylikning tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi. 

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Arauxoni qo‘lga kiritishni juda ham istamoqda. Uning transferi hujumdagi Keynning ahamiyati bilan tenglashtirilmoqda. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!