
"Barselona"ga "Manchester Siti" futbolchisi kerak
“Barselona” shu yoz “Manchester Siti” xavbeki Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, 26 yoshli portugaliyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar”ning asosiy transfer nishoniga aylangan. Kataloniyaliklar uni jamoaning etakchi futbolchilaridan biriga aylana olishiga ishonmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Silva mavsum so‘nggiga kelib o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rnini Fil Fodenga bo‘shatib berdi. Shu sababli ham u jamoasini o‘zgartirishga qarshilik qilmasligi mumkin.
“Barsa” rahbariyati Bernardu uchun katta mablag‘ sarflamoqchi emas va shuning uchun “Siti”ga portugaliyalik himoyachi Nelson Semeduni qo‘shib bermoqchi. “Shaharliklar”da ham Semeduga nisbatan qiziqish bor.
Fikrlar