
"Barselona"ga "Milan" himoyachisi kerak
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoaning chap qanot himoyasini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar”ning bu boradagi e’tibori "Milan"ning shveytsariyalik himoyachisi Rikardo Rodrigesga tushgan. Agar "rossonerilar" “Real”dan Teo Ernandesni ijaraga olishsa, Rikardoni sotib yuborishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Rodriges o‘tgan mavsum A Seriyada jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar