“Barselona”ga pul kerak. “Qora ro‘yxat”dan ikki yulduz joy olgan

  • 7 avgust, 2022, 12:21
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati maosh borasidagi muammolarni hal qilish maqsadida bir qancha yulduz futbolchilaridan voz kechishni rejalashtirmoqda.

"Barsa" rahbariyatiga yaqin manbalarning xabar berishicha, “qora ro‘yxat”ga ikki hujumchi kiritilgan: gollandiyalik Memfis Depay va gabonlik Per-Emerik Obameyang.

Qayd etish joizki, markaziy hujumchilar borasida muammolarga uchragan Londonning “Chelsi” klubi har ikki futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq tomonlar hozircha kelishuvga erisha olmayapti.

Depay o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi 28 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 gol va 2 golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Obameyang esa 17 uchrashuvda 11 gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!