“Barselona”ga yana prezident bo‘lishni istayotgan mutaxassis Xolandni olib kelishga va’da berdi

  • 28.11.2020 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” boshqaruviga qaytmoqchi bo‘layotgan sobiq prezident Joan Laporta saylovlarda g‘olib chiqsa, “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni olib kelishga va’da beryapti.

Laporta buning uchun do‘sti Mino Rayolani ishga soladi. Rayola 20 yoshli norvegiyalik hujumchining agenti sanaladi.

Erling bugungi kunda dunyoning eng zo‘r hujumchilaridan biri hisoblanadi. Shu yilning boshida 200 million evro evaziga “Zaltsburg”dan olib kelingan futbolchining ayni paytdagi transfer summasi 100 million evroga ko‘tarildi. Xoland dortmundliklar safiga qo‘shilganidan keyin barcha turnirlarda 31 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 33 marotaba aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!