
"Barselona"ga yangi kelgan Mina o‘ziga Puyol va Inesta o‘ynagan raqamni tanladi
“Barselona” tarixidagi ilk kolumbiyalik legioner Yerri Mina kataloniyaliklar safida nechanchi raqamda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha 23 yoshli futbolchi o‘ziga 24-raqamni tanladi. Aytish lozimki, ushbu raqam ostida o‘z vaqtida Fernand Kout, Karles Puyol, Andreu Fontas, Jeremi Matyo, Rojer Garsiya, Andres Inesta, Yaya Ture va Seji Roberto kabi futbolchilar to‘p surishgan.
Eslatib o‘tamiz, Mina “Barselona” safiga yaqindagina Braziliyaning “Palmeyras” klubidan 11,8 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar