"Barselona"ning ikkita asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi

  • 26 sentabr, 19:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Rafinya Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Ovedo"ga (1:3) qarshi o‘yinda 66-daqiqada zaxiraga olindi. Bunga sabab, braziliyalik futbolchi mushaklarida noqulaylik sezgan. Bugun, 26 sentyabr kuni futbolchi jamoadoshlari bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi va sport zalida shug‘ullanish uchun qoldi. Bu haqda jurnalist Jerar Romeroga tayanib, Sport.es xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Rafinya jarohati tufayli xalqaro tanaffus oxirigacha o‘ynay olmaydi. U La Liganing ikki o‘yini va Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan PSJ (1 oktyabr) bilan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Manbaga ko‘ra, bugungi mashg‘ulotlarda "ko‘k-anorranglilar" darvozaboni Joan Garsiya jarohat olgan va u ham xalqaro tanaffus yakuniga qadar tiklanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!