
"Barselona"ning sobiq ustozi FIFA so‘rovnomasida nega Messiga ovoz bermadi?
Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xerardo Martino FIFAning yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovnomasida "Barselona" klubi va Argentina terma jamoasidagi sobiq shogirdi Lionel Messiga nega ovoz bermaganini aytdi.
"Messi kuchlilar orasida bo‘lishga munosib mavsum o‘tkazmadi", - deydi Martino.
Eslatib o‘tamiz, Messi ovoz berish yakunlariga ko‘ra 46 ochko to‘plab, eng yaxshi futbolchi nomiga sazovor bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni esa "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk (38) hamda "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu (36) egalladi.
Fikrlar