"Barselona"ning yana bir yulduzi safdan chiqdi
Braziliya terma jamoasi va "Barselona" klubi vingeri Rafinya jarohat olgani tasdiqlandi.
Jurnalist Jerar Romero bergan ma’lumotlarga qaraganda, hujumchi "Real Ovedo"ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgan va FIFA kunlaridan so‘ng safga qaytishi kutilyapti. Bu oraliqda, Rafinya La Liga doirasida "Real Sosedad" va "Sevilya"ga qarshi o‘yinlarni va Chempionlar ligasida PSJga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar