"Barselona"ning yozgi transferlardagi ilk xaridi kim bo‘ladi?
Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy yozgi transferlar davridagi ilk xaridi kim bo‘lishini aniqlab oldi.
Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda "Valensiya" darvozaboni Neto tez orada “ko‘k-anor ranglilar” bilan shartnoma imzolaydi. Braziliyalik posbon asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegenga o‘rindoshlik qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda “Barsa” Neto uchun “ko‘rshapalaklar”ga 25 mln evro to‘laydi. O‘z navbatida “Valensiya” kataloniyaliklarning gollandiyalik posboni Yasper Silessenni xuddi shuncha mablag‘ evaziga sotib oladi.

Fikrlar