Bastoni Frantsiya bilan durang haqida: "Italiya gol o‘tkazib yuborganidan keyin ham taslim bo‘lmadi"

  • 03.10.2026 14:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastoni Millatlar ligasi Fransiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya terma jamoasi o‘yin oldidanoq raqibga qarshi juda ko‘p kurashishga to‘g‘ri kelishini, ayniqsa, himoyada juda ehtiyotkor bo‘lish zarurligini yaxshi tushungan. Bastoni ta’kidlashicha, «skuadra adzurra» gol o‘tkazib yuborganidan keyin ham xarakter ko‘rsatgan.

«Biz o‘yinni davom ettirdik va munosib darajada harakat qildik. Hatto g‘alaba qozona olmaganimizdan biroz hafamiz, buning o‘ziyok jamoamiz qay darajada o‘ynaganini ko‘rsatib turadi», – deya qo‘shimcha qildi Bastoni.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi. Italiya safidagi yagona gol muallifi aynan Alessandro Bastoni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!