
"Bavariya" 17 yoshli futbolchini Riberiga o‘rinbosar sifatida qaramoqda
“Bavariya” klubi “Lill” jamoasining 17 yoshli yarim himoyachisi Darli Nlanduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar beradi France Football nashri.
Ayni damda futbolchi frantsuz klubining zaxira jamoasida to‘p surmoqda. Myunxenliklar Nlanduni jamoadan ketishi kutilayotgan yarim himoyachi Frank Riberiga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Frantsiyalik futbolchining “Bavariya”dagi taqdiri hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Riberining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yozida yakuniga etadi. Klub rahbariyati u bilan yana bir kelishuvni uzaytirishni istamoqda.
O‘z navbatida Nlandu “Lill” bilan haligacha professional shartnoma imzolamagan.
Fikrlar