"Bavariya" 18 yoshli futbolchi bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi

  • 15 mart, 2017, 12:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi 18 yoshli avstriyalik himoyachi Marko Fridl bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda Sport1 nashri xabar tarqatmoqda.
Avstriya U19 terma jamoasi a’zosi bo‘lgan futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi iyul oyida o‘z yakuniga etar edi. Ammo, myunxenliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti so‘nggi paytlarda Fridlga ishonch bildirdi va uni bosh jamoa mashg‘ulotlariga taklif qila boshladi. U xatto "Bavariya"ning davralar oralig‘ida Qatarda o‘tkazgan yig‘inida ham ishtirok etdi.

Tecno

"Fridl o‘zini har tomonlama ko‘rsatmoqda va o‘ylaymanki u asosiy tarkibdan joy ola biladi", - deydi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!