
"Bavariya" afsonasi avtohalokatga uchradi
"Bavariya" safidagi yorqin o‘yinlari bilan tanilgan Frank Riberi avtohalokatga uchradi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi bosh qismidan jarohat olgan. Shundan so‘ng u zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Ma’lum qilinishicha, voqea yakshanba kuni tunggi soat 03:00da sodir bo‘lgan. Hozirda Frank "Salernitana"dagi 2-3 uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Riberi 2007-2019 yillar oralig‘ida "Bavariya" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar