“Bavariya” "Barsa" yulduziga xaridor

  • 26.04.2021 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumda ijara asosida o‘ynab, “Bavariya”ning barcha turnirlar, xususan Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ko‘maklashgan Filippe Koutino yana Myunxenga qaytishi mumkin.

“Barselona” rahbariyati “Liverpul”ga yana qo‘shimcha bonus to‘lamaslik uchun braziliyalik pleymeykerni o‘ynatmoqchi emas. Qolaversa, bosh murabbiy Ronald Kumanning Koutinoga u qadar ehtiyoji yo‘q. Jamoa usiz ham yaxshi natijalarni qayd etmoqda.

Kataloniya klubi rahbariyati zaxirada o‘tirib, katta maosh olayotgan futbolchidan tezroq qutilmoqchi. Shu bois, ular Bundesliga grandi bilan muzokaraga tayyor.

Shuningdek, Koutinoda Angliyaga qaytib, “Everton”da to‘p tepish imkoni ham borligini unutmaslik lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!