
"Bavariya" bunaqa holatga 10 yildan buyon tushmagan edi
Xabaringiz bor, “Bavariya” kecha Bundesliganing 15-turida safarda “Borussiya” Myunxengladbaxga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, myunxenliklar uchrashuvning 26-daqiqasiga kelib, 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan edi. Ammo mezbonlar super kambek evaziga g‘alabani 3:2 hisobida o‘z tomoniga og‘dirib oldi.
Gracenote Live nashrining yozishicha, “Bavariya” bunday holatga so‘nggi marta 2011 yilda tushgan. O‘shanda nemis grandi “Kyoln”ga qarshi o‘yinda 2 ta to‘p farqi bilan oldinda bora turib, yakunda yutqazib qo‘ygan.
Fikrlar