“Bavariya” “Chelsi” taklifini kutyapti

  • 4 iyun, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati “Chelsi” nazariga tushgan markaziy himoyachisi Niklas Zyuleni jamoada olib qolmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Niklas Zyulening myunxenliklar bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi va shu bois Bundesliga chempioni 25 yoshli futbolchini shu yozda sotib yuborishga qaror qildi.

Germaniya chempioni bo‘lgan futbolchining transferi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olib, uning narxi  35 million evroga baholanmoqda. Biroq, londonliklar bu summani yanada pasaytirishga urinyapti.

Niklas Zyule yakunlangan mavsumda 20 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga bitta gol urishni ham epladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!