"Bavariya" darvozabon transferini e’lon qildi

  • 28 yanvar, 21:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi 21 yoshli darvozabon Yonas Urbigni "Kyoln"dan o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Darvozabonning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 7 million evroni tashkil qilgan.

Tecno

"Bavariya" dunyoning eng katta klublaridan biri. Bu erda bo‘lganimdan faxrlanaman va jamoa bilan imkon qadar tezroq tanishishni orziqib kutyapman. Mening maqsadim — har kuni o‘zim ustida ishlash, professional jihatdan rivojlanishda davom etish va Manuel Noer boshchiligidagi darvozabonlar jamoasida o‘zimni takomillashtirish," — dedi Urbigni klubning rasmiy sayti orqali tarqatgan bayonotida.

Joriy mavsumda Urbigni barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi, ulardan ikki o‘yinni quruq o‘tkazdi. "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati €3 millionni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!