
“Bavariya” Erik ten Xagni “bosh og‘rig‘i”dan qutqarmoqchi
“Manchester Yunayted”da bosh murabbiy Erik ten Xag va hujumkor futbolchi Jeydon Sancho o‘rtasida yuz bergan ziddiyatli vaziyat hali barham topgani yo‘q. Ikki tomon ham chekishni istamayapti.
Klub rahbariyati va futbolchilarning aksariyati niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xag tarafida. Sancho ham chekinishni va uzr so‘rashni o‘ziga ep ko‘rmadi va katta ehtimol bilan jamoani tark etadi.
Jamoadan chetlatilgan 23 yoshli futbolchini “Bavariya” o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Myunxenliklar Sancho transferi bo‘yicha muzokara boshlashga tayyor.
Angliyalik futbolchi uchun Bundesliga begona emas. U Manchesterga kelgunga qadar “Borussiya Dortmund” safida juda zo‘r o‘ynagan edi.
Fikrlar