"Bavariya" etakchilaridan biri "Liverpul"ga o‘tmoqchi

  • 24 iyun, 2020, 12:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Tiago Alkantara bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Tecno

Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi va myunxenliklar o‘rtasida deyarli kelishuvga erishilgan edi. Ammo, u rahbariyat bilan uchrashgach, o‘zining jamoadagi kelajagiga shubha qila boshlagan.

Endi “Bavariya”dagilar ham Tiagoning klubda qolishiga ishonmayapti. Ayrim xabarlarga qaraganda, Alkantara “Liverpul”ga o‘tmoqchi.

Tiago Alkantara joriy mavsum Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!