“Bavariya” yetakchisiga APLdan qiziqish bor

  • 12.04.2026 18:43
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Futbol De Angliya" nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga koʻra, 40 yoshli posbon Myunxen klubi amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga yetadi. Lekin, Noyer yangi bitim imzolash haqida oʻylamayapti. Uning faoliyatini qachon yakunlashi ham noaniqligicha qolmoqda. Hozirda germaniyalik darvozabonning xizmatlariga Angliyaning “Brayton” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Chaykalar" bosh murabbiyning shaxsan oʻzi Noyerni jamoasida koʻrishni xohlamoqda.  

Ma'lumot uchun, Manuel 2011 yildan beri nemis klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida posbon 593 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 276 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!