"Bavariya" futbolchisi APLga yo‘l olishi mumkin
"Bavariya" klubi vingeri Serj Gnabri faoliyatini Londonning "Tottenxem" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sport Bild nashri xabar bermoqda.
Avvalroq OAVda "shporlar" jarohat olgan Moxammed Kudus o‘rniga yangi futbolchi qidirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Shuningdek, qishki transferlar oynasida jamoani hujumchi Brennan Jonson tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, Gnabri 2012–2016 yillar oralig‘ida Londonning "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u Germaniya chempionatiga yo‘l olgan. Vinger 2017 yildan buyon myunxenliklar safida to‘p tepib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida o‘z yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda esa 30 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar