"Bavariya" futbolchisi "Arsenal"ga yo‘l olishi mumkin

  • 30.04.2026 14:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Serj Gnabri Angliya Premier-ligasiga qaytishi mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, futbolchiga Londonning "Arsenal" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Nemis futbolchisining transferi yozda amalga oshishi mumkin.

Gnabri avval ham "Arsenal"da harakat qilgan — u 2011–2016 yillar oraligʻida londonliklar safida oʻynagan. Biroq shu vaqt mobaynida u jamoa tarkibida atigi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.

2017 yilda esa u Bremenning "Verder" klubidan "Bavariya"ga 8 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar moʻljallangan.

Joriy mavsumda Gnabri barcha musobaqalar doirasida 37 ta oʻyinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!