
“Bavariya” futbolchisi Sulsherning yoniga bormoqchi
“Bavariya”ning markaziy himoyachisi Niklas Zyule faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan ikki yildan so‘ng yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti. Zyule ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ham klubdan ketmoqchi.
Nemis futbolining eng iqtidorli vakillaridan biri sifatida e’tirof etilgan Niklas Zyule 2017 yilda katta umidlar bilan “Xoffenxaym”dan olingan edi. Biroq, “Bavariya” tarkibida yosh futbolchi bir necha marta og‘ir jarohat oldi. U so‘nggi bir yarim yil ichida atigi 12 ta uchrashuvda qatnashdi.
Zyulening o‘zi Myunxenni tark etib, “Manchester Yunayted”da Sulsherning qo‘l ostida o‘ynashni rejalashtiryapti.
Fikrlar