"Bavariya" futbolchisi "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin

  • 28 oktabr, 2021, 19:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Korenten Tolisso faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Calciomercato" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi "Tottenxem"ga o‘tishga yaqin turibdi. 27 yoshli Tolisso "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaslikni istamoqda va klubdan uni tezroq sotib yuborishini so‘rayapti.

Myunxenliklar va futbolchi o‘rtasidagi bitim kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Shu tufayli, jamoa qishki transfer oynasida 20 million evro to‘lagan klubga uni qo‘yib yuborishi ehtimoli katta. Korenten "qizillar" safida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi.

Avvalroq, unga "Inter"dan ham qiziqish borligi xabar qilingandi. Frantsiyalik yarim himoyachi "Bavariya"ga 2017 yilda "Lion"dan ko‘chib o‘tgan. Bu vaqt oralig‘ida u 102 o‘yinda "qizillar" sharafini himoya qilib, 19 gol va 13 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!