"Bavariya" futbolchisi yozda jamoani tark etadigan bo‘ldi

  • 30.01.2026 18:45
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd jamoa futbolchisi Leon Goretskaning klubidagi kelajagi haqida ma'lum qildi.

Menejer havbek yozda mehnat shartnomasi tugagandan so'ng jamoani tark etishini ma'lum qildi.

"Leonning shartnomasi yozda tugaydi. Biz u bilan so'nggi haftalarda muzokara olib bordik va kelajagi haqida ochiqcha gaplashdik. Goretskaning "Bavariya"dagi faoliyati yozda yakuniga yetadi. Leon biz bilan sakkiz yil davomida birga bo'ldi. U klub bilan muvaffaqiyatli va ajoyib yillarni o'tkazdi. U mavsum oxirigacha biz uchun maydonga tushadi", - deya Froydning so'zlarini keltirdi klub o'zining rasmiy sahifasida. 

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli yarim himoyachi 2018 yildan beri myunxenliklar safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 292 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. Ushbu bellashuvlarda havbek 47 ta gol kiritdi va 48 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!