"Bavariya" himoyachisi "Chelsi"ga o‘tishi mumkin
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans Flik jamoas himoyachisi Niklas Zyulening "Chelsi"ga o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Boshqa klublar bizning futbolchilarga qiziqish bildirayotgani yoqimli. Ayni vaqtda himoya chizig‘imiz o‘z ishini juda yaxshi bajarmoqda va Niklas biz uchun muhim futbolchilardan biri. Uning shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Barchasi uning o‘ziga bog‘liq", - deydi Flik.
2021/21 mavsumda Zyule "Bavariya" safida 20 ta o‘yinda 2 ta gol kiritdi. Transfermarkt nashri 25 yoshli germaniyalikni 48 million evroga baholamoqda.

Fikrlar