
"Bavariya" himoyachisi PSJga o‘tishga yaqin turibdi
“Bavariya” himoyachisi Xuan Bernat faliyatini PSJda davom ettirishga yaqin turibdi.
Sky Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klublar bu borada deyarli kelishib olishgan va buning uchun parijliklar nemis klubiga 14 million evro to‘laydi.
Bernatning o‘zi esa PSJda yiliga 5 million evro maosh olmoqchi. Biroq, frantsuz klubi futbolchining ushbu talabi biroz yuqori ekanligini bildirib, uni tushirishga harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Bundesligada jami 11ta uchrashuvda ishtirok etgan va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar