"Bavariya" Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 8 avgust, 01:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, so‘nggi soatlarda "Bavariya" Jeksonning holati, jismoniy tayyorgarligi va transfer narxi haqida "Chelsi"ga rasmiy so‘rov yo‘llagan. Senegallik hujumchiga "Nyukasl" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jekson "aristokratlar"ni tark etishga yaqin. Unga bo‘lgan transfer narxi taxminan 65 million evroga baholanmoqda. Bundan tashqari, futbolchining xizmatlariga Ispaniyaning "Barselona" klubi ham qiziqish bildirib ko‘rgani haqida mish-mish xabarlar tarqalgan. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham futbolchi atrofidagi vaziyatni o‘rganayotgan edi.

Nicolas Jackson of Chelsea F.C. On the field prior to the FIFA Club World Cup Final against Paris Saint-Germain on July 2025 at MetLife Stadium in...

24 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum APLda 30 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!