“Bavariya” katta maosh olayotgan yulduzdan voz kechadi

  • 15.11.2025 23:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” etakchi o‘yinchilardan hisoblangan Leon Goretska bilan xayrlashishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

30 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Klub hamkorlikni uzaytirmaydigan bo‘ldi va uning o‘rniga boshqa ijrochi qidirishga kirishgan.

Goretska klubning eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan hisoblanadi. “Bavariya” hamkorlikni to‘xtatishiga ham aynan mana shu omil sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Leon Goretska 2018 yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 15 marotaba maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!