"Bavariya" ko‘zlagan futbolchi o‘z jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 01.05.2020 22:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Leverkuzenning "Bayer" klubi chililik yarim himoyachi Charles Arangis bilan amaldaga shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar imzolagan yangi shartnoma 2023 yilga qadar tuzilgan. Aytish kerakki, avvalgi kelishuv 2 oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etardi.

Bundan avvalroq 31 yoshli Arangis yozda “Bavariya”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Arangis “Bayer” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “dorishunoslar” safida 130 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!