“Bavariya” Levandovski o‘rniga hujumchi tanladi

  • 09.03.2022 20:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” asosiy to‘purari Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar topdi. Polshalik hujumchi o‘zini boshqa ligalarda sinab ko‘rish uchun yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.

Myunxen superklubi ham kelasi yili erkin agentga aylanadigan futbolchiga yangi bitim berishga shoshilmayapti.

“Bavariya”skautlari kelajakda Levandovskining o‘rnini bosadigan hujumchi qidirmoqda. Hozircha ularga “Shtutgart” vakili Sasha Kalayjikning harakatlari ma’qul kelmoqda.

24 yoshli avstriyalik hujumchi o‘tgan mavsumda Bundesligada 16 ta gol va oltita assist rasmiylashtirganidan keyin myunxenliklar nazariga tushgan edi. Bu mavsumda u etti marta maydonga tushib, bir juft gol muallifi bo‘ldi.

“Shtutgart” bu o‘yinchiga “Bavariya”dan tashqari “Leyptsig” va “Borussiya D” qiziqish bildirayotganini inobatga olib, hujumchi transferi uchun 30 million evro talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!