"Bavariya" Levandovski o‘rniga kimni olib kelishi aniq bo‘ldi

  • 14.04.2021 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi norvegiyalik hujumchi Erling Xoland uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, myunxenliklar 20 yoshli “Borussiya” Dortmund futbolchisini 2022 yilning yozida sotib olishni ko‘zlamoqda. Boisi, aynan 2022 yildan boshlab Xolandning shartnomasida belgilangan tovon puli kuchga kiradi. “Bavariya” uni jamoaning 32 yoshli to‘purari Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Bundan avvalroq Erling uchun “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Barselona” jiddiy kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu jamoalar Xolandni joriy yozgi transferlar davridayoq o‘ziniki qilib olmoqchi.

Erling joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 32 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!