
"Bavariya" Levandovskini "Barsa"ga sotishni xohlamayapti. Sababi...
"Bavariya" rahbariyati hujumchi Robert Levandovskini "Barselona"ga sotishni xohlamayapti.
Agar kataloniyaliklar 33 yoshli polshalik hujumchi uchun 50 million evrodan ortiq pul taklif qilsa, myunxenliklar bu borada muzokaralarni boshlashga tayyor. Biroq, nemis grandi bu pullarni bir necha transhda emas, balki bitta to‘lovda olishni istaydi.
"Bavariya" bu masalada kataloniyaliklarga engillik qilishga tayyor emas, chunki klub sport direktori Hasan Salihamijich yozda "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt va "Renn" hujumchisi Matys Telni sotib olmoqchi. Ta’kidlash kerakki, “Bavariya” birgina de Ligtning o‘ziga 80 million evrogacha pul sarflashi mumkin. Chunki "Yuventus" niderlandiyalik futbolchini yuqori baholamoqda.
Shu sababli «Bavariya» Levandovskini PSJ yoki «Chelsi»ga sotishni ma’qul ko‘rmoqda, chunki ular moliyaviy jihatdan ancha baquvvatroq klublar hisoblanadi.
Levandovski esa Frantsiya yoki Angliyada o‘ynashni istamaydi, unga Ispaniya yoqadi. Bu istakning sabablaridan biri forvardning oilasi janubda, dengizga yaqinroq joyda yashashni istaydi.
Fikrlar