
"Bavariya" Luis Dias o‘rniga boshqa futbolchi variantini ko‘rmoqda
"Bavariya" Malik Fofanani Luis Diasga alternativ sifatida ko‘rmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Dias Myunxen klubining asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Klub "Liverpul" uchun yangi taklif tayyorlashni niyat qilgan. Mersisaydliklar avvalroq vingerni 67,5 million evroga sotmagandi.
"Bavariya" Dias transferi borasida kelishuvga erisha olmasa, Fofana variantini ko‘radi. Myunxen klubi ehtimoliy kelishuv shartlariga oydinlik kiritish uchun "Lion" vingeri bilan muzokara olib borgan.
Unga "Liverpul", "Chelsi" va MYu kabi jamoalar ham qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar