"Bavariya" Luis Dias uchun taklifni oshirmoqda
"Bavariya" 28 yoshli kolumbiyalik hujumchi Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda. ESPN nashrining xabariga ko‘ra, myunxenliklar yaqin kunlarda 70 million evro + bonuslardan iborat yangi taklif tayyorlamoqda.

Dias amaldagi Bundesliga chempionlari uchun uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida qaralmoqda. Avvalroq "Liverpul" tomonidan 67,5 million evrolik ilk taklif rad etilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, kolumbiyalik futbolchi mersesaydliklar safida hozirgacha 148 uchrashuvda ishtirok etgan, 41 gol va 23 golli pas bilan jamoaga hissa qo‘shgan.

Fikrlar