
"Bavariya" Mane transferini qachon e’lon qiladi?
"Liverpul" hujumchisi Sadio Manening "Bavariya"ga transferi seshanba kuni rasman yakunlanishi kerak. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, shu kuni senegallik forvard tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va myunxenliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Qayd etilishicha, Mane "Bavariya" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Avvalroq, futbolchi yozda "Liverpul"ni tark etmoqchi ekanligini aytgandi. Shundan keyin mersisaydliklar uning o‘rniga Lissabonning "Benfika" klubi hujumchisi Darvin Nunesni sotib oldi.
Manening transferi "Bavariya"ga 45 million evroga tushadi. Sadio 2016 yilning iyulidan buyon "Liverpul"da to‘p tepadi. 2021/22 yilgi mavsumda hujumchi ingliz klubi safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi. “Transfermarkt” portali futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
Fikrlar