“Bavariya” misli ko‘rilmagan rekord qayd etdi

  • 30 oktabr, 2023, 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya chempionatining to‘qqizinchi turida “Bavariya” o‘z maydonida “Darmshtadt” jamoasini qabul qilib, mehmonlarni sakkizta gol bilan kuzatib qo‘ydi.

Tecno

Bu gollar amaldagi chempionga yangi natija taqdim qildi. Bayern & Germany ekspertlari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, myunxenliklar Germaniya chempionati tarixida ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Ilgari hech bir jamoa chempionatning dastlabki to‘qqizta uchrashuvida raqiblar darvozasiga 34 ta to‘p kiritmagan.

Myunxenliklar joriy mavsumda juda sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoa tarkibida Harri Keyn 12 ta, Leroy Sane esa, sakkizta gol bilan to‘purar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!