"Bavariya" Myullerni Olimpiadaga qo‘yib yuborishga tayyor

  • 14.01.2020 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bundan avvalroq "Bavariya" klubi forvardi Tomas Myuller Germaniya terma jamoasi safida Tokio Olimpiadasida ishtirok etish istagida ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.

E’tiborlisi, myunxenliklar garchi Myuller Tokioga borgan taqdirda mavsumoldi yig‘inlarining asosiy qismini o‘tkazib yuborishiga qaramay unga ruhsat berishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Shtefan Kunts tarkibda ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Myuller bosh murabbiy Yoaxim Lyovning qaroriga asosan Germaniya terma jamoasiga chaqirilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!