"Bavariya" o‘z maydonida "Borussiya D" to‘qnashuvida gollarga boy kechdi. Levandovskidan xet-trik, Xolanddan dubl (video)
Germaniya Bundesligasining 24-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Borussiya” Dortmundga qarshi bahs olib bordi.
Dastlab, o‘yin boshida Erling Xoland (2', 9') ketma-ket 2 ta gol urib dortmundliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo o‘yin yakuniga qadar Robert Levandovski (26', 44', 90') va Leon Goretska (88') gollar urib, g‘alabani myunxenliklar tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob 4:2.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar