"Bavariya" portugaliyalik yarim himoyachini nishonga oldi

  • 1 may, 2023, 17:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Fulxem" klubida harakat qilayotgan 27 yoshli yarim himoyachi Joau Palinya faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Unga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Tecno

Futbolchi uchun bahsda Myunxen klubining raqiblari "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Arsenal"dir. Portugaliyalik xavbekning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda. Palinyaning londonliklar bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, Joau joriy mavsumda APL doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 bora sheriklarining goliga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!