"Bavariya" prezidenti: Biz Superligaga qiziqmaymiz, 2022 yildan kech qolmay, ChLni yutamiz!

  • 14 dekabr, 2019, 18:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner "Real" klubining prezidenti Florentino Peres ma’lum qilgan g‘oya, ya’ni Superliga tashkil etilishi borasidagi taklifga fikr bildirdi.

Tecno

"Biz, hech qanday "agar" va "lekin"siz Bundesliga tarafdorimiz. Biz Superliga g‘oyasiga umuman qiziqmadik, buni ishonch bilan ayta olaman.

Albatta, "Bavariya" xalqaro yutuqlarga erishishni xohlaydi, ammo buning uchun Chempionlar Ligasi bor, bu mening fikrimcha muvaffaqiyat tarixini o‘zida aks ettiradi va o‘z formatida juda ishonchli," - dedi Xayner.

Shu qatorda, Xayner "Bavariya"ning ChLdagi g‘olibligi borasida gapirib o‘tdi.

"Bu 2022 yili Myunxenda bo‘lib o‘tadigan final o‘yinidan kechga qolmaydi," - dedi Xayner.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!