“Bavariya” raisi: Neymar “Alyants-Arena”danda qimmat turadi
“Bavariya” boshqaruv kengashi raisi Karl-Xayns Rumenigge jamoa nima uchun o‘z vaqtida Neymarni sotib olmaganini aytib o‘tdi.
“Bir safar men o‘zimga savol berdim. Biz uchun Neymar muximmi yoki “Alyants-Arena”? Aytib o‘tishim lozim, biz uchun stadion afzal. Neymarning transferi esa stadiondan ko‘p pul talab etardi”, – deb aytib o‘tdi fuktsioner.
“Bavariya” Neymarni 2010 yil 24 mln evroga sotib olishi mumkin edi. Biroq buni rad etgan. Keyinchalik, Xosep Gvardiola ham braziliyalikning xizmatlariga qiziqish bildirgan edi.
O‘tgan haftada esa Neymar 222 mln evro evaziga PSJ safiga ko‘chib o‘tdi va yangi jamoasi safida yiliga 30 mln evro maosh oladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 75 000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Alyans-Arena” stadioni esa 340 mln evroga qurib bitkazilgan.

Fikrlar