
"Bavariya" tez orada o‘zining ikki etakchisi bilan shartnomani uzaytiradi
"Bavariya" klubi bosh direktori Oliver Kan jamoa yarim himoyachilari – Leon Gorettska va Kingsli Koman bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida gapirdi.
“Ikkala futbolchi bilan ham muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Men optimistman. Bizda ularga taklif qiladigan narsa bor. Masalan, biz bilan katta unvonlarni yutib olish va tarixning bir qismiga aylanish mumkin”, - dedi Kan.
26 yoshli Goretska o‘tgan mavsum Bundesligada 24 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
25 yoshli Koman yakunlangan mavsum Bundesligada 29 ta uchrashuv o‘tkazdi va 5 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar