
Superklub ketadigan to‘rt futbolchi nomini e’lon qildi
Yangi mavsumga belgiyalik mutaxassis Vensan Kompani bosh murabbiyligida tayyorgarlik ko‘rayotgan “Bavariya” yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar to‘rt nafar futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Asosan nemis futbolini yoritishga ixtisoslashgan jurnalist Florian Plettenberg tarqatgan xabarga ko‘ra, markaziy himoyachi Matteys de Ligt, o‘ng qanot himoyachisi Nusser Mazraui, hujumkor futbolchilardan Brayan Saragosa va Kingsli Koman tezroq o‘zlariga yangi ish joyi topishi kerak.
Bu to‘rtlik orasida kki himoyachiga “Manchester Yunayted” xaridor bo‘lmoqda. Erik ten Xag sobiq shogirdlari uchun ikki marta taklif yubordi. Saragosani bir necha ispan klublari La Ligaga olib ketishga tayyor. Frantsiyalik Kingsli Koman bo‘yicha myunxenliklarga birorta jiddiy taklif tushgani yo‘q.
“Bavariya” yangi mavsumdagi birinchi tur uchrashuvini 25 avgust kuni safarda “Volfsburg” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar