"Bavariya" yangi darvozabon sotib olmoqchi

  • 5 iyul, 2023, 22:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tomas Tuxe yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlagan. Uning maqsadi jamoaga hujumchi, o‘ng qanot himoyachisi va ikkinchi raqamli darvozabon olib kelishdir. 

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Valensiya" posboni Giorgi Mamardashvili myunxenliklar safiga o‘tishi mumkin. Futbolchining o‘zi bu transferga rozi bo‘lgan. Tez orada tomonlar muzokaralarni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Mamardashviliga Angliya va Italiyadan ham takliflar bor, lekin u Germaniyaga yo‘l olishni istamoqda. Gruziyalik darvozabonning "ko‘rshapalaklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!