
“Bavariya”: Yulduz kerakmi, olinglar!
“Bavariya” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Kingsli Koman talab qilgan maoshni to‘lashdan bosh tortdi va frantsiyalik futbolchini sotib yuborish harakatlarini boshlab yubordi.
Frantsiyalik futbolchi yangi bitim imzolash uchun myunxenliklardan yiliga 12 million evro miqdorida maosh so‘ragan edi. Avvalroq, “Bavariya” rahbariyati katta maosh talab qilgan universal himoyachi David Alabani ham tarkibda olib qolmagandi.
“Bavariya” Komanning amaldagi shartnomasi borligini inobatga olib, 25 yoshli futbolchiga 80-90 million evro atrofida narx qo‘ymoqda.
Ayni paytda Koman xizmatlariga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Lierpul” va PSJ kabi grand klublar ehtiyoj sezmoqda.
Koman yakunlangan mavsumda Bundesligada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va o‘nta golli pas uzatdi.
Fikrlar